Garnacho "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi
Alexandro Garnacho "Real Madrid" futbolchisi Vinisius Junior "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga ishonch bildirmoqda.
Bir kun avval "Manchester Yunayted"ning "Copa Trophy" sovriniga nomzod bo‘lgan 20 yoshli yarim himoyachisi Parijga yetib keldi. Taqdirlash marosimi bugun Parijda bo‘lib o‘tadi.
Jurnalistlarning “Oltin to‘p”ni kim olishi haqidagi savoliga argentinalik futbolchi qisqacha: "Vinisius", deb javob berdi.