"Manchester Yunayted" moliyaviy tanglik sabab o‘z futbolchilarini Parijga jo‘nata olmay turibdi
"Manchester Yunayted" "Manchester Siti"dan Alexandro Garnacho va Kobbi Maynuni "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi uchun Parijga o‘zlari bilan birga olib ketishlarini so‘radi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, "qizil iblislar" bu so‘rovni klub hozirda xarajatlarni optimallashtirish bosqichida turgani bilan izohladi.
Ta’kidlanishicha, "Manchester Siti" o‘z samolyotida o‘rindiqlar qolmagani uchun "Manchester Yunayted"ning bu iltimosini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, Garnacho va Maynu eng yaxshi yosh futbolchi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.