«MYU» rahbariyati 200 ming yevroga devor qurdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag klub rasmiylaridan jamoaning shaxsiy hayoti va xavfsizligini ta’minlash uchun bazaga devor o‘rnatishni so‘radi. "Daily Mail" xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» devor uchun taxminan 200 ming funt sarflagan.
Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» xodimlari sarosimaga tushib qolgan, chunki klubning yangi xo‘jayinlari xarajatlarni kamaytirish uchun qattiq choralar ko‘rishgan va hattoki ba’zi xodimlarni ishdan bo‘shatishgan.
Manbaning eslatishicha, 2015 yilda Lui van Galning iltimosiga ko‘ra «Manchester Yunayted» bazasida shamol to‘siqlari o‘rnatilgan edi.