«MYU» delegasiyasi Xavi bilan aloqa o‘rnatgan
Yaqin kelajakda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyini o‘zgartirishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, Xavi «Old Trafford»da Erik ten Xagning o‘rnini egallashi mumkin.
"Daily Mail" xabariga ko‘ra, o‘n kun oldin «qizil iblislar»ning to‘rt nafar vakilidan iborat delegasiya ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaraga chiqqan. Delegasiyaga klub ijrochi direktori Omar Berrada boshchilik qildi.
Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.