Ten Xag uchun eng so‘nggi imkoniyat
Erik ten Xag katta bosim ostida qolmoqda. Bu tushunarli - «Manchester Yunayted» hozirda APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Oktyabr oyidagi milliy terma jamoa o‘yinlari uchun tanaffus paytida ten Xag ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida ko‘plab xabarlar chiqdi, ammo bosh murabbiy o‘zgarishi sodir bo‘lmadi.
"Transfer News Live" "Daily Mail" nashriga tayanib xabar berishicha, «Manchester Yunayted» hali ham bosh murabbiyning kelajagi haqida o‘ylamoqda. Manbaga ko‘ra, agar jamoa dam olish kunlarida «Brentford»ga yutqazsa, ten Xagning iste’fosi sodir bo‘lishi mumkin.
«Manchester Yunayted» va «Brentford» o‘rtasidagi APL uchrashuvi shanba, 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.