Tuxel yangi ishini angliyalik muxlislardan uzr so‘rash bilan boshladi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga Tomas Tuxelni tayinlash qarori «uch sherlar» muxlislarining barchasiga ham ma’qul kelmadi. Matbuot anjumanida nemis mutaxassisi bu haqda shunday fikr bildirdi:
«Menda nemis pasporti borligini kechiring. Ehtimol, muxlislar Premyer-ligaga va mamlakatga bo‘lgan mehr-muhabbatimni sezishgandir - men Angliyada yashash va ishlashni yaxshi ko‘rardim. Umid qilamanki, ularni ishontira olaman va Angliya terma jamoasining murabbiyi lavozimini egallaganim bilan qanchalik faxrlanayotganimni ko‘rsata olaman,» - dedi Tuxel.