Braziliyalik forvard uchun "Arsenal", "Chelsi" va boshqa APL klublari da’vogarlik qilmoqda
"Botafogo" hujumchisi Igor Jezus Angliya Premyer-ligasining bir qator klublarida qiziqish uyg‘otmoqda. Braziliya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisini "Arsenal" va "Chelsi" kuzatib bormoqda, yaqinda esa potensial da’vogarlar ro‘yxatini "Fulxem" to‘ldirgan, deb xabar berdi TBR Football. Hujumchining transferi kelasi yili bo‘lishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" va "Nottingem Forest" ham futbolchini imzolash imkoniyatini o‘rganmoqda.
Igor Jesus "Botafogo" safida joriy mavsumda 24 ta o‘yinda sakkizta gol urdi va uchta samarali uzatmani amalga oshirdi.