Luis Enrikedan sermahsullik
"Botafogo" hujumchisi Luis Enrike Braziliya terma jamoasining Chili va Peru bilan o‘yinida 2+1 natijasini qayd etdi.
23 yoshli vinger JCH-2026 saralashining 10-turida Peru bilan o‘yinda (4:0) jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llagan zarbasi bilan yakuniy hisobni o‘rnatdi. Chili bilan so‘nggi o‘yinda (2:1) futbolchi "selesao" safidagi ilk golini urdi.
Bugun u yana Andreas Pereyraga golli uzatmani amalga oshirdi. Luis Enrikening o‘ziga "Botafogo"dagi jamoadoshi Igor Jezus assist berdi.
Eslatib o‘tamiz, Enrike uchun Peru bilan o‘yin terma jamoa safidagi 4-o‘yin (2 ta gol), Jezus uchun esa 3-o‘yin bo‘ldi.