Messi Boliviyaga qarshi o‘yinda 3+2 qayd etdi
Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining 10-turi doirasida o‘z maydonida Boliviyani qabul qilib, 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
«Albiseleste» sardori Lionel Messi mazkur o‘yinda «gol+pas» tizimi bo‘yicha 5 ochko jamg‘ardi. U o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta assist yozdi.
Messining Argentina terma jamoasi safidagi gollari soni 112 taga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u jahonda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hisobida 133 ta gol mavjud.
Manba: sports.ru