Messi Suaresning rekordini yangilab qo‘ydi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Boliviya terma jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok etdi va «Albiseleste» yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Messi bu uchrashuvda uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. U Janubiy Amerikadagi jahon chempionati saralash o‘yinida beshta golda qatnashgan birinchi futbolchi bo‘ldi, deya xabar beradi "Opta".
2011 yilda urugvaylik Luis Suares Chili bilan o‘yinda to‘rtta golda ishtirok etgandi.