Messi terma jamoada xet-trik qilish bo‘yicha Ronalduga yetib oldi
Lionel Messi terma jamoadagi xet-triklari soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduga yetib oldi.
Bugun Argentina terma jamoasining 37 yoshli hujumchisi JCH-2026 saralash bahsida Boliviya terma jamoasi darvozasiga uch marta gol urdi (6:0).
U terma jamoada 10 ta o‘yinda 3+ gol urgan.
39 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu ham Portugaliya terma jamoasi tarkibida 10 ta o‘yinda 3+ gol urgan.