Sal kam 100 yil ichida ilk bor Ispaniya terma jamoasi bilan bunday holat yuz berdi
Ispaniya va Serbiya terma jamoalari to‘qnash kelgan UYEFA Millatlar ligasi A ligasi 1-guruhining 4-tur o‘yini yakunlandi. Jamoalar «Nuevo Arkanxel» (Kordoba, Ispaniya) stadionida o‘ynashdi. Uchrashuv 3:0 hisobida ispaniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, «Furiya Roxa»ning boshlang‘ich tarkibida Ispaniya futbolining uchta yirik klubi: «Real,» «Barselona» va «Atletiko»ning birorta ham futbolchisi asosiy tarkibda maydonga tushmadi.
"X" (sobiq "Twitter") ijtimoiy tarmog‘idagi "Mister Chip" xabariga ko‘ra, bu milliy terma jamoaning 104 yillik tarixida to‘rtinchi marta sodir bo‘ldi.
Bundan avvalgi uchta shunday o‘yinl ispanlar 1928 yilgi Olimpiya o‘yinlariga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda «Qizil Furiya» tarkibida faqat Bask klublari futbolchilari o‘yinlarda ishtirok etishgan.