Lautaro Maradonaga yetib oldi
Bugun, 20 noyabr kuni Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Peru terma jamoasini qabul qildi.
O‘yinning 55-daqiqasida argentinalik hujumchi Lautaro Martines hisobni ochdi - 1:0.
Shu tariqa, Martines Argentina terma jamoasi safida urgan gollari soni bo‘yicha afsonaviy Diyego Maradonaga yetib oldi.
Messi Argentina terma jamoasi safida gol urish bo‘yicha peshqadam bo‘lib qolmoqda – 112. Gabriel Batistuta – 55, Serxio Aguero – 41, Ernan Krespo – 35. Martines va Maradona 32 tadan gol bilan tarixdagi rng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.