"Inter"ning muhim futbolchisi erkin agentga aylanishi mumkin
"Inter"ning markaziy himoyachisi Stefan de Vrey klubdagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin.
Niderlandiyalikning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Corriere Dello Sport ma’lumotlariga ko‘ra, shartnomada avtomatik ravishda bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud, ammo "neraddzurrilar" rahbariyati uni faollashtirmoqchi emas, chunki 32 yoshli futbolchining maoshi juda yuqori deb hisoblaydi. Shunday qilib, tajribali markaziy himoyachi kampaniya tugagandan so‘ng erkin agentga aylanish ehtimoli yuqori.
Stefan de Vrey 2018 yildan beri "Inter"da o‘ynamoqda. Uning hisobida jamoa safida 247 ta o‘yin, shu jumladan joriy mavsumdagi 11 ta jang bor.