Fernandesh: "Bu hali boshlanishi"
Bruno Fernandesh "Manchester Yunayted"dagi debyuti oldidan Ruben Amorim haqida gapirdi.
Portugaliyalik murabbiy bugun "mankunianliklar" boshchiligida APL 12-turi doirasidagi "Ipsvich"ga qarshi debyut uchrashuvini o‘tkazadi.
“Sporting” – Portugaliyaning katta klubi, ammo butun dunyoda “Manchester Yunayted”dek ularga e’tibor qaratilmaydi.
O‘ylaymanki, murabbiy buni tushunadi. Bu klubda ishonchlar har doim juda yuqori va sabr-toqatga u qadar ko‘p qarab o‘tirilmaydi.
Bu hali boshlanishi, lekin u nimalarga erishayotganini, har bir mashg‘ulotni qanchalik qizg‘in o‘tkazayotganini allaqachon ko‘rishingiz mumkin. U va uning xodimlari juda qattiqqo‘l.
Ular dunyoning eng yirik klublaridan biriga kelishdi, ular umidlar katta bo‘lishini bilishadi: kimdir shubha qiladi, boshqalari u darhol hamma narsani a’lo darajada bajaradi, deb o‘ylaydi. Shunday qilib, u o‘zidan nima kutilayotganini tushunadi", – dedi Amorim.