"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi ortiqcha chalg‘imoqchi emas
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Manchester Siti"dagi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Angliyaning amaldagi chempioni shanba kungi o‘yinda “Tottenxem”dan yirik mag‘lubiyatga uchradi (0:4).
"Menimcha, bu savol ko‘pchilikni tashvishga solmoqda, ammo bizda juda ko‘p ish borki, biz boshqa hech kim haqida o‘ylay olmaymiz.
Endi biz boshqalarga e’tibor qaratmasdan, o‘z klubimizga, undagi vaziyatni yaxshilashga e’tibor qaratishimiz kerak. Endi bor e’tiborimizni “Manchester Yunayted”ga qaratamiz", – dedi Amorim.