"An-Nasr" hujumi yetakchilaridan biri jamoada qoladi
"An-Nasr" hujumchisi Taliska kamida joriy mavsum yakuniga qadar riyodliklar safini tark etmaydi. Bu haqda Saudi Sport xabar berdi.
Avvalroq 30 yoshli braziliyalik futbolchini "Fenerbaxche" o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligi va 10 million yevro to‘lamoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.