"Manchester Siti" Xolandni Premyer-ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor
"Manchester Siti" hujumchi Erling Xoland bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda va norvegiyalik futbolchiga haftasiga 500 ming funt maosh taklif qilishga tayyor. Bu haqda Mirror. nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, agar 24 yoshli futbolchi xuddi shunday moliyaviy shartlar bilan mehnat shartnomasini imzolasa, u ayni damda haftasiga 400 ming funt maosh olayotgan jamoadoshi Kevin De Bryuyneni ortda qoldirib, Angliya Premyer-ligasining eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Xolandga taklif qilingan yangi shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan.