Bernardu: "Faoliyatimda bunday bo‘lmagan"
Bernardu Silva "Manchester Siti" uchun qiyin davr haqida fikr bildirdi.
Pep Gvardiola jamoasi so‘nggi to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi - Angliya liga kubogida "Tottenxem" (1:2), Chempionlar ligasida "Sporting" (1:4), Premyer-ligada "Brayton" va "Bornmut" (ikkalasi 1:2).
“Bu tanaffus biz uchun yaxshi bo‘ldi. Inkor qilmaylik: bu jamoamiz uchun og‘ir dam bo‘ldi. Faoliyatimda bunday bo‘lmagan (ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat).
Manchesterdagi faoliyatim davomida ketma-ket ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘lganimizni ham eslay olmayman.
Tanaffus yaxshi bo‘ldi, chunki ba’zi o‘yinchilar jarohatdan qaytishadi va biz mavsumning bu qismida o‘zimizni yana tiklashga tayyormiz", - dedi "Manchester Siti" yarim himoyachisi.