UEFA ikki terma jamoaga qarshi intizomiy ish ochdi
UEFA Ruminiya va Kosovo terma jamoalariga nisbatan intizomiy ish ochdi.
Kosovo terma jamoasining Millatlar ligasi doirasida kechgan bahsida mezbon jamoa muxlislari “Serbiya, Serbiya!” deya hayqirishdi va Serbiya bayrog‘ini osib qo‘yishdi.
UEFA Ruminiya futbol federasiyasi va Kosovo futbol federasiyasiga nisbatan intizomiy ish boshlanganini e’lon qildi. Ishlarning natijalari keyinroq e’lon qilinadi.