"Man Siti" 18 yilda ilk bor ketma-ket 4 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
"Manchester Siti"ning mag‘lubiyatli seriyasi 4ta o‘yinga yetdi.
Bugun Pep Gvardiola shogirdlari APL 11-turi doirasida mehmonda "Brayton"ga imkoniyatni boy berishdi – 1:2.
30 oktyabrda "shaharliklar" "Tottenxem"ga(1:2), 2 noyabrda "Bornmut"ga (1:2), 5 noyabrda "Sporting"ga (1:4) mag‘lub bo‘lishdi.
Oxirgi marta "Man Siti" 2006 yilda ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan edi. O‘shanda Styuart Pirs boshchiligidagi jamoa ketma-ket oltita mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgandi.