Gvardiola faoliyatida ilk bor ketma-ket 4 ta o‘yinda yutqazdi
Pep Gvardiola faoliyatidagi eng yomon mag‘lubiyatlar seriyasini qayd etmoqda.
Bugun "Manchester Siti" APLning 11-turida "Brayton"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
30 oktyabr kuni "shaharliklar" "Tottenxem"ga (1:2), 2 noyabr kuni "Bornmut"ga (1:2), 5 noyabr kuni "Sporting" ga (1:4) mag‘lub bo‘lishgandi.
Ispaniyalik murabbiy hech qachon ketma-ket bunchalik ko‘p o‘yinda yutqazmagan. U 2016 yildan beri "Siti"da faoliyat yuritib kelmoqda, bungacha u "Bavariya" va "Barselona" klublarini boshqargan.