"Arsenal" joriy mavsum ilk bor ketma-ket ikki o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Keyingi raqib - "Chelsi"
"Arsenal" bu mavsumda birinchi marta ketma-ket 2 o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Bugun londonliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turida "Inter"ga imkoniyatni boy berishdi (0:1).
Bungacha "kanonirlar" APLning 10-turida "Nyukasl"ga xuddi shunday hisobda imkoniyatni boy bergandi. Qolaversa, APLning 8-turida "Bornmut"dan mag‘lubiyat (0:2) qayd etildi.
Mikel Arteta shogirdlari ushbu mavsumda boshqa barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishdi yoki durang o‘ynashdi.
10 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi o‘yinda "Arsenal" APLning 11-turi doirasida "Chelsi" mehmoni bo‘ladi.