"Arsenal" APLda ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi
"Arsenal" APLda qatorasiga 4ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi.
Bugun Mikel Arteta shogirdlari APLning 11-turida "Chelsi" bilan durang o‘ynadi (1:1).
Oldingi uchta liga o‘yinida "kanonirlar" "Bornmut" (0:2) va "Nyukasl"ga (0:1) mag‘lub bo‘lgan, "Liverpul" bilan durang o‘ynagan (2:2). Oxirgi marta "Arsenal" Premyer-ligada 5 oktyabr kuni "Sautgempton" bilan o‘yinda (3:1) g‘alaba qozongan.
"Chelsi" Premyer-ligadagi so‘nggi 5 o‘yinda faqat bitta g‘alabaga erishdi - "Nyukasl" (2:1). Shuningdek, bu davrda Enzo Mareska shogirdlari "Liverpul"ga yutqazib qo‘ydi (1:2) va uch marta durang o‘ynadi.
11-turdan so‘ng "Chelsi" va "Arsenal" APL turnir jadvalida mos ravishda 3 va 4-o‘rinlarni egallab turishibdi. Jamoalar 19 ochkodan to‘plashdi - "ko‘klar" to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgani uchun yuqoriroqda.