Gvardiola: "Men juda yaxshiman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik faoliyati davomida ikki marta treblga erishgan yagona murabbiy bo‘lib qolmoqda.
Ushbu yutuq haqida so‘ralganda, Gvardiola o‘zini maqtadi: "Men juda yaxshiman", - deb 53 yoshli murabbiy so‘zlarini keltiradi Siti Xtra.
Gvardiola hozirgi lavozimida 2016 yildan beri ishlab kelmoqda. Ehtimol, joriy kampaniya uning "shaharliklar" boshqaruvidagi oxirgisi bo‘lishi mumkin.