Gvardiola qanday sharoitda murabbiylik faoliyatini yakunlashini tushuntirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘zining motivasiyasi haqida gapirdi.
"Shaharliklar" bosh murabbiyining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Ispaniyalik mutaxassisning kelajakda nima qilishi noma’lumligicha qolmoqda.
"Men ishga kelishni yaxshi ko‘raman! Men raqiblarim, mashg‘ulotlar haqida o‘ylayman va bularning barchasi menga yoqadi. Murabbiy sifatida ishlashimning asosiy sababi ham shu. Buni his qilishni to‘xtatsam, shunchaki "Manchester Siti"ni tark etmayman, balki bu ishni butunlay tugataman", - deb yozadi "City Xtra" 2016 yilning yozidan beri o‘z lavozimida ishlab kelayotgan Gvardiolaning so‘zlarini.