Anchelotti: "Modrich bizni qutqardi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Luka Modrichning o‘yiniga yuqori baho berdi.
39 yoshli xorvatiyalik futbolchi "Selta"ga qarshi o‘yinning 63-daqiqasida maydonga tushib, "Los-Blankos" tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi. Oradan 3 daqiqa o‘tib yarim himoyachi madridliklarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qilgan Vinisius Juniorga uzatma berdi.
"Modrich shunchaki ajoyib. Uning maydonga tushishi ajoyib edi. Bugun u bizni qutqardi. Luka har doim jamoaga yordam beradi - boshlang‘ich tarkibda ham, zaxiradan tushgandan keyin ham. U fantastik o‘yinchi", - dedi Anchelotti.