Modrich Alveshning rekordini yangiladi
Luka Modrich "klasiko" tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi.
“Real” yarim himoyachisi “Barselona”ga qarshi o‘yinning 63-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. 39 yoshu 47 kunligida Modrich Dani Alvesni (38 yoshu 318 kun) ortda qoldirib, "klasiko"da ishtirok etgan eng keksa futbolchiga aylandi.