Renar yana Saudiya termasiga qaytdi
Erve Renar Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qaytdi.
Fransiyalik murabbiy Roberto Manchini bilan shartnoma bekor qilinganidan keyin ushbu o‘rinni egalladi.
Renar ikkinchi marta jamoa boshqaruviga kirishadi. Birinchi bosqich 2019 yilda boshlanib, 2023 yilda yakunlangandi.
O‘shanda jamoa JCH-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi va Argentinani guruh bosqichida mag‘lub etgandi.
Renar xorijliklar o‘rtasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan g‘alaba qozonilgan o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchilik qiladi.