Manchini nega Saudiya Arabistoni terma jamoasini tark etganini tushuntirdi
Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishiga izoh berdi.
"Saudiya Arabistonida ko‘plab malakali odamlar ishlaydi. Ammo muammo shundaki, terma jamoa futbolchilarida yetarlicha o‘yin amaliyoti yo‘q. Chet elliklar hukmronligi bilan ko‘p narsa o‘zgardi, terma jamoa futbolchilari o‘z klublarida mashg‘ulot o‘tkazishni to‘xtatdilar va bunday sharoitda men jahon chempionatiga chiqishni kafolatlay olmayman", - dedi Manchini.
24 oktyabr kuni Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgandi.