Modrich «Real»da Pushkash o‘rnatgan rekordni yangilashi kutilmoqda
Xorvatiyalik 39 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich «Real» safida maydonga tushgan eng keksa futbolchiga aylanib olishi kutilmoqda.
«Marca» nashri xabariga ko‘ra, agar Modrich «Real»ning «Selta»ga qarshi bo‘lajak o‘yinida (Toshkent vaqti bilan 19.10, 23:59) ishtirok etsa, «Los Blankos» tarkibida o‘ynagan eng keksa futbolchiga aylanadi.
Xorvatiyalik futbolchi Pushkashning 58 yil avval o‘rnatilgan rekordini yangilaydi.