Italiya klubi bir kunda ikki murabbiyni ishdan bo‘shatdi
Italiyaning "Pyachensa" klubi bir kun ichida ikki murabbiy bilan xayrlashdi. Klub rahbariyati sport direktori Alessio Sestu va bosh murabbiy Karmine Parlato lavozimlaridan ketganini e’lon qildi. Parlatoning o‘rniga Simone Bentivolyo tayinlandi, ammo u o‘z vazifasida bir kun ham qolmadi.
Klub bayonotida shunday deyiladi:
"Simone Bentivolyo bilan shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilindi. Endi jamoani Stefano Rossini boshqaradi".
Bentivolyoning tezkor iste’fosiga muxlislarning noroziligi sabab bo‘ldi. Ular 2011 yildagi kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq janjalni eslab, Bentivolyoning jamoada qolishiga qarshi chiqishdi. O‘sha vaqtda murabbiy o‘z aybini tan olgan va 13 oyga diskvalifikasiya qilingan edi. Shu bois klub muxlislarning talabi asosida uni iste’foga chiqardi.
Hozirda "Pyachensa" S seriyasi D guruhida 12 turdan so‘ng 14 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. Jamoa uch g‘alaba, to‘rt mag‘lubiyat va besh durang qayd etgan.