Kassano "Roma" rahbariyatini tanqid qildi
Antonio Kassano o‘z so‘zidan qaytadiganlardan emas. Italiyalik sobiq futbolchi muntazam ravishda futbol haqida o‘z fikrini bildiradi. Payshanba kuni esa u Klaudio Ranyerining "Roma" murabbiylik lavozimiga qaytishi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Menimcha, Fridkinlar oilasi yana bir xatoga yo‘l qo‘ydi. Rimdagi muhit zaharlanganini ko‘rib, biz hammani tinchitadigan odamni olib kelamiz deb o‘ylashdi. Bu jirkanch ish. Ranyeriga hurmat bilan aytaman, u chinakam olijanob inson, u xotirjamlik va tinchlik olib keladi, lekin "Roma"ga ko‘proq narsa kerak, xalqaro tajribaga ega murabbiy kerak. Bu jirkanch ish, Fridkin tushuntiring menga, bu qanday iflos o‘yin? Odamlarni ishontirish uchunmi? Chunki men ahmoq emasman, bilamanki, ba’zilar Ranyerining qaytib kelishidan xursand bo‘lishadi, ammo kelasi yili klub yetakchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamni olib kelish jirkanchdir", - dedi Antonio Kassano Foot Mercato bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Klaudio Ranyeri "Roma"dagi yangi murabbiylik faoliyatini 24 noyabr kuni "Napoli"ga qarshi safar o‘yinidan boshlaydi.