Amorim: "Men bo‘lishim kerak bo‘lgan joyda ekanligimni his qilyapman"
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim bu tayinlanish haqidagi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
Portugaliyalik bunday yirik klubni boshqarganidan faxrlanishini qayd etdi. Mutaxassis uning his-tuyg‘ularini "ajoyib" deb ta’rifladi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi ekanligimdan juda faxrlanaman. Bu yerda bo‘lish ajoyib. Men juda hayajondaman va butunlay xotirjamman. Men o‘zimni bo‘lishim kerak bo‘lgan joyda his qilyapman", - deya Amorim so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.
APLning 11 o‘yinidan so‘ng "Manchester Yunayted" 13-o‘rinda bormoqda. “Qizil iblislar” hisobida 15 ochko bor.