Amorim Manchesterga yetib keldi
39 yoshli portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim va uning jamoasi Angliyaning Manchester shahriga yetib keldi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
11 turdan keyin “qizil iblislar” Angliya premyer-ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida 15 ochko bor.
Aytish joizki, Amorim jamoaning yangi mavsumdagi omadsiz startidan so‘ng ishdan bo‘shatilgan Erik ten Xagning o‘rniga "Manchester Yunayted"ni boshqaradi.