Amorim Karringtonga yetib keldi. Viza masalasi hal bo‘lgach, ish boshlaydi
Ruben Amorim "Manchester Yunayted"ga yetib keldi.
Dushanba kuni "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi klubning Karrington mashg‘ulot maydoniga tashrif buyurdi va boshqaruv jamoasi a’zolari - Omar Berrada, Den Eshuort va Jeyson Uilkoks bilan uchrashdi.
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Amorim viza olgandan keyin ish boshlashi mumkin - bungacha portugaliyalik mutaxassis murabbiylar shtabi bilan uchrashadi.
"Manchester Yunayted" 24 noyabr kuni Amorim boshchiligidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi - jamoa APLning 12-turida "Ipsvich"ga qarshi safarda o‘ynaydi.