Amorimning «Manchester Yunayted» rahbariyati oldiga qo‘ygan birinchi talabi qanday bo‘ldi?
Kecha, 11 noyabr kuni Angliyaning «Manchester Yunayted» klubining yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim klub qarorgohiga keldi. U Trafford mashg‘ulotlar markaziga tashrif buyurdi va «qizillar» rahbariyati a’zolari - Omar Berrada, Den Ashvort va Jeyson Uilkoks bilan uchrashdi. Nufuzli insayder Fabrisio Romano portugaliyalikning klub rahbariyatiga birinchi talab nima ekanligini va uning dastlabki rejasini oshkor qildi.
«Biz katta shiddat bilan o‘ynay oladigan futbolchilarni olib kelishimiz kerak». Bu murabbiying «Yunayted» rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan tanishuv muzokaralarida va uchrashuvlarda aytib o‘tgan asosiy so‘zlar edi, deydi insayder. Romano, shuningdek, Amorimning «Yunayted» tarkibini qayta tiklash bo‘yicha dastlabki va eng yaqin rejasi jamoani uchta markaziy himoyachi tarkibiga o‘tkazish ekanligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Amorim o‘tgan mavsumda Portugaliya chempioni bo‘lgan «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga kelgandi.