«Sporting» Amorimning ketishini kechiktirmoqchi
«Sporting» Ruben Amorimning «Manchester Yunayted»ga ketishini kechiktirmoqchi.
Avvalroq, Lissabon klubi Amorimning «Manchester Yunayted»ga tayinlanganini tasdiqlagani haqida xabar berilgandi - mankunianliklar murabbiy uchun 10 million yevro tovon puli to‘laydi.
Jurnalist Kave Solekolning so‘zlariga ko‘ra, «Sporting» Amorimning klubda yana 30 kun qolishini istamoqda, ya’ni tovon puli to‘langanidan keyin uning Portugaliyadagi shartnomasi shuncha muddat davom etishi mumkin. Klub noyabr oyidagi tanaffus vaqtida murabbiyni qo‘yib yuborishga tayyor.