"Sporting" Amorimning "Manchester Yunayted"ga ketishini e’lon qildi
“Sporting” o‘zining rasmiy saytida portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim jamoa bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi.
Shuningdek, “Sporting” 39 yoshli murabbiy “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishini ham ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Portugaliya klubi "qizil iblislar"ga murabbiyning klub bilan shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinishi 10 million yevroga baholanayotgani haqida ma’lum qilgan.
Avvalroq, OAVda ingliz klubi yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma taklif qilgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.