"Sporting" yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishini e’lon qildi
"Sporting" matbuot xizmati Ruben Amorim "Manchester Yunayted"ga ketganidan so‘ng jamoaga yangi bosh murabbiy etib Joau Pereyra tayinlangani haqida xabar berdi.
Joriy mavsumda 40 yoshli mutaxassis Lissabon klubining ikkinchi jamoasida ishlagan, bungacha esa ikki yil davomida “Sporting” yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan.
Pereyra "Benfika" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2010 yildan 2012 yilgacha, 2015 yildan 2016 yilgacha va 2021 yilda "Sporting"da o‘ynagan.