Palmer xalqaro tanaffus oldidan jarohat oldi
"Chelsi" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Koul Palmer APLning 11-turida "Arsenal"ga qarshi kechgan derbida (1:1) jarohat oldi.
22 yoshli yarim himoyachi o‘yin oxirida oyog‘idan zarba qabul qildi va ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining "Stemford Brij"dan oqsoqlanib chiqib ketgani aks etgan video paydo bo‘ldi.
Palmer joriy mavsumda Premyer-liganing 11 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Noyabr oyida Angliya terma jamoasi Millatlar ligasida ikkita o‘yin o‘tkazadi.