Mareska: "Men Amorimning "Manchester Yunayted"dagi muvaffaqiyatiga shubha qilmayman"
"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska Ruben Amorimning "Manchester Yunayted"da muvaffaqiyat qozonishiga ishonmoqda.
Portugaliyalik murabbiy 11 noyabr kuni "qizil iblislar"ni qabul qilib oladi. Ingliz klubi Lissabonning "Sporting" klubi bilan kelishuvga erishdi va 39 yoshli murabbiyning tayinlanishi haqida allaqachon ma’lum qilgan.
"Amorim "Manchester Yunayted"da ajoyib ish qiladi. Men ko‘plab "Sporting" o‘yinlarini ko‘rganman va ular qanday o‘ynashini bilaman. Fantastik uslub - bu hujumga ham, himoyaga ham tegishli. Amorim muvaffaqiyat qozonishiga shubham yo‘q", - deya Mareska so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.