Amorimning «MYU»dagi debyut o‘yini qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
«Manchester Yunayted» Ruben Amorim bo‘yicha «Sporting» bilan kelishib oldi. "The Telegraph" xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvi doirasida Amorim keyingi uchta o‘yinni portugal klubi boshqaruvida o‘tkazadi. 39 yoshli mutaxassis terma jamoalar tanaffusi boshida «qizil iblislar»ni qabul qiladi.
Amorimning «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida debyuti 24 noyabr kuni jamoa Premyer-ligada «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tadi.
«Manchester Yunayted» Ruben Amorim uchun 10 million yevro to‘laydi.