Amorim ortiqcha shov-shuv yaratmoqchi emas
Seshanba kuni «Sporting» rasmiy murojaat e’lon qildi. Lissabon klubi xabarida «Manchester Yunayted» Ruben Amorimga qiziqayotgani va 39 yoshli mutaxassis uchun 10 million yevro tovon puli to‘lashga tayyorligi aytilgan.
Amorimning o‘zi jurnalistlardan ma’lum bir ishonch hosil bo‘lmaguncha keraksiz shovqin yaratmaslikni so‘radi.
«Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Lekin bu mening tanlovim. Hamma narsa hal qilinmaguncha, biz shovqin qilmaymiz. Aytadigan gapim yo‘q. Men o‘zim xohlagan ish bilan shug‘ullanaman - men doim shunday qilganman», - deya Amorim so‘zlarini keltirmoqda "Record".