Klopp tanqidlarga uchradi
Yurgen Klopp "Rud Bull" rahbariyati a’zosi bo‘lishi bilan bog‘liq tanqidlarga javob berdi.
"Mayns", "Borussiya" va "Liverpul"ning sobiq murabbiyi ushbu kompaniyaning futbol bo‘limi boshlig‘i bo‘ldi. U 1 yanvardan ish boshlaydi.
Qaror tanqidlarga sabab bo‘ldi, jumladan, sobiq murabbiyni "futbolni reklama maqsadida suiiste’mol qiladigan va raqobatni buzadigan" inson sifatida ko‘rishmoqda.
"Men "Red Bull" mutasaddilariga hech qachon bunchalik tanqidiy nazar bilan qaramaganman.
Men, albatta, hech kimning "dumini bosish"ni xohlamadim. Shaxsan men barcha sobiq klublarimni yaxshi ko‘raman. Hammani xursand qilish uchun nima qilishim mumkinligini aniq bilmayman", dedi Klopp.