Klopp Germaniyada tanqid qilindi
Yurgen Klopp 2025 yildan boshlab bir qator klublarni birlashtirgan "Red Bull" tizimida futbol operasiyalari rahbari bo‘lishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Klopp o‘zini "Red Bull"ni ishga yondashuvi uchun tanqid qilganlardan biri deb hisoblardi. Germaniyada avvalroq "Red Bull" ba’zi qoidalarni chetlab o‘tganlikda ayblangan edi.
"Ommaviy axborot vositalari va muxlislar Klopp o‘z merosini buzdi deb o‘ylashadi. Buyuk Britaniyada bu haqda ko‘p gapirilmasligi mumkin... "Red Bull" Germaniya futbolida yuqori baholanadigan 50+1 qoidasini chetlab o‘tishda ayblanmoqda. Klopp "Mayns" va "Borussiya Dortmund" bosh murabbiyi bo‘lib, u o‘zini "Leypsig" va "Xoffenxaym" kabi klublarga qarama-qarshi deb hisoblagan. Germaniyadagi ko‘plab futbol muxlislari, ayniqsa, Dortundliklar g‘azabda", — dedi germaniyalik futbol eksperti Konstantin Ekner talkSPORT nashriga.