Gravenberx Premyer-ligani Bundesliga bilan solishtirdi
"Liverpul"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Rayan Gravenberx Angliya Premyer-ligasini Bundesliga bilan solishtirdi. Gravenberch avvalroq “Bavariya”da o‘ynagan.
"Ingliz futboli tezroq. Bu yerda o‘ynash qiyinroq. To‘p bormi yoki yo‘qmi, muhim emas, Premyer-ligadagi pressing ham agressiv. Bundesligada qaror qabul qilish uchun ko‘proq vaqtingiz bor deb o‘ylayman. Bu yerda siz tezda qaror qabul qilishingiz kerak. Hammasi yangi sharoitlarga qanchalik tez moslashishingizga bog‘liq", — dedi Gravenberx.
Gravenberx "Ayaks" akademiyasi mahsuli hisoblanadi. Yarim himoyachi 2022/2023 yilgi mavsumni "Bavariya"da o‘tkazdi, shundan so‘ng "Liverpul"ga o‘tdi.