Miura: "Futboldan ketish variantim yo‘q"
Yaponiyalik super faxriy Kazuyoshi Miura futbolni to‘xtatmoqchi emas va katta professional futboldagi qirqinchi mavsumiga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Hozir u 58 yoshda va Miuraning 2025-yil oxirigacha Yaponiya futbolining eng kuchli to‘rtinchi ligasi “Atletiko Suzuka” klubida o‘ynash uchun shartnomasi bor.
"Mening shartnomam yana bir yarim yilga amal qiladi, ketish varianti yo‘q. Men imkon qadar tez-tez o‘ynashni xohlayman", - dedi Miura.