57 yoshli Miura faoliyatini yakunlashni istamayapti
57 yoshli Kazuyoshi Miura faoliyatini yakunlamoqchi emas.
Dunyoning eng keksa futbolchisi Yaponiyaning 4-divizioni vakili "Atletiko Suzuka"da "Yokogama"dan ijara asosida o‘ynashni davom ettiradi, deb xabar bermoqda The Athletic Kyodo agentligiga tayanib.
Keyingi mavsum yarim himoyachi uchun professional faoliyatidagi 40-mavsum bo‘ladi. Miura Braziliya, Italiya, Xorvatiya, Avstraliya, Portugaliya klublarida o‘ynagan. Yaponiya terma jamoasi tarkibida u 89 ta o‘yin o‘tkazib, 55 ta gol urgan.