Platini: "Yuventus" futbolkasi faxr uyg‘otadi"
Fransiyalik sobiq futbolchi Mishel Platini Turinning "Yuventus" klubi afsonalaridan biri bo‘lib, u 1982 yildan 1987 yilgacha shu klubda o‘ynagan va shu vaqt ichida turinliklar bilan bir qator turnirlarda g‘alaba qozongan.
U "Yuventus"dagi o‘yinlarini esladi: "Men "Yuventus" futbolkasi juda ham faxr uyg‘otishini bilaman va g‘urur bilan kiyaman.
Men u yerda juda ko‘p aql bovar qilmas holatlarni boshdan kechirdim. Bu bosim emas, bunday klubda o‘ynash sharaf va sovg‘adir.
"Yuventus" g‘alaba qozonganini eshitganimda doim xursand bo‘laman", - deya Platinining so‘zlarini keltiradi Tuttosport.